1

​“7 yillik tanaffusdan so`ng o`qishni tiklash mumkinmi?”

Savol-javob 13.03.2017, 10:58
Teglar: Universitet, Oliy ta`lim muassasalari
​“7 yillik tanaffusdan so`ng o`qishni tiklash mumkinmi?”

“Qizim oliy o`quv yurtida o`qib yurganida — 2-kursligida turmushga chiqdi. Orada farzandli bo`ldi. Quda taraf uning o`qishni davom ettirishini xohlashmadi. Oradan 7 yil o`tib ketdi. Hozir farzandlari katta bo`lib qoldi. Endi qizim o`qishini qayta tiklash niyatida. Qizim o`qishini tiklay oladimi?”

Murojaat etuvchi to`g`risidagi ma`lumotlar

sir saqlanishi iltimos qilingan

— Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 29-bandiga binon, o`qishdan chetlatilgandan keyin 5 yildan ortiq muddat (harbiy xizmatda bo`lganlik, uch yoshgacha bo`lgan bolalarni parvarish qilish bilan bog`liq mehnat ta`tili hamda sog`liqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) o`tgan hollarda talabalar o`qishini qayta tiklash O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Sharhlar

❓Oliy ta`lim muassasalarida a`naviy ta`lim qachondan ochiladi?

21.09.2020, 20:58

Bu haqda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i  Abduvali Xoliqov javob berdi«Bugungi kunda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan shu...
Talabalarning qishqi ta`til muddati o`zgarishi mumkin

12.11.2019, 23:29

Talabalarning 2019-2020 o`quv yili uchun qishki ta`til davri o`zgarishi kutilmoqda, deya xabar beradi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati.2019 yilning 22 dekabrida O`zbekiston...
Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi

11.07.2017, 21:04

2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 16:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining...
​Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “biometrik tizimni aldayman degan “abiturientlar” qo`lga tushdi

07.07.2017, 10:08

Avval habar qilganimizdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o`zining test sinovlarini o`tkazish joylarida biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish (identifikasiya) va boshqarish...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1