1

​Har bir ona farzandiga aytishi lozim bo`lgan 16 narsa

SUG'DIYONA 06.04.2017, 12:04
Teglar: Farzand, Ona, Ona va bola
​Har bir ona farzandiga aytishi lozim bo`lgan 16 narsa

Buni albatta bilishimiz shart, bu farzandimiz bilan munosabatlarimiz mustahkam va mehrli bo`lishi uchun yana bir poydevor bo`ladi!

1. SEN MEN UChUN ENG MUHIMISAN.

Ular onasini yuvilmagan idishlari, elektron pochtasi yoki internet orqali kelgan xabarlari kutib turishi mumkinligini, siz uchun eng muhimi ekanliklarini bilishsin.

2. MEN SENI SOG`INDIM.

Hatto 20 daqiqaga ajralgan bo`lsangiz ham, ularni quchoqlab ko`rishing. Ularga qanchalik yaqin bo`lishni istashingizni his etishsin.

3. BU IShNI NOTO`G`RI QILDING.

Ular xato qilishganda ayting. To`g`ri yo`l ko`rsatishga yordam bering. Bola qanday xato qilmasin, sizni unga nisbatan mehringiz so`nmasligini bilsin.

4. U BILAN FAHRLANIShINGIZNI KO`RSATING

Agar ular biror to`g`ri harakat amalga oshirgan bo`lsa, u bilan fahrlanishingizni ko`rsatishingiz kerak. Agar bola qo`llab quvvatlashingizni sezsa, doim sizni hursand qilishga harakat qiladi.

5. SEN HAMMADAN BOShQAChASAN.

Ularning qanchalik boshqalardan farq qilishini ko`rsatishga harakat qiling. Ularning alohida harakterlarini e`tirof eting, boshqalarning ham harakterini aniqlashni o`rgating. Bu kelgusida ularga foydali bo`lgan narsa sanaladi.

6. YIG`LASh – BU NORMAL HOLAT.

Bolalaringizning hislarini yashirmayotgani uchun taqdirlang. Odamlar ko`ngli og`riganda, yolg`iz bo`lganda va ba`zida baxtli bo`lganda ham yig`laydi. O`z hislarini bo`lishishni o`rgating.

7. KO`Z YoShLARINGNI ARTIB OL.

Ba`zida ular ko`z yoshlarni artib, oldinga harakat qilish lozimligini bilishlari kerak. «Agar hayotingizda quyosh yo`qolib qolgani uchun yig`layotgan bo`lsangiz, ularni tezroq arting, aks holda ular oyni va yulduzlarni ko`rishga halal beradi». Ularga shu oddiy haqiqatni tushuntiring.

8. MENGA YoRDAM BERA OLASANMI?

Bolalaringiz sizning tashvishlaringiz ko`pligini, ayrim ishlarda charchab qolyotganingizni ko`rishsin. Sizga o`z yordamlarini taklif qilishsin.

9. SENGA YoRDAM KERAKMI?

Yordam berishdan oldin har doim avval so`rab ko`ring. Erkinlik muammoni echimini izlashda paydo bo`ladi. Agar farzandingiz nimanidir uddalay olmasa unga to`g`ri yo`l ko`rsating.

10. “HA”.

Hech bo`lmasa bir kunda bir marta ular sizdan biror narsani birga qilishni istashsa hech ikkilanmay “ha” deb ayting.

11. “YO`Q”.

Qaysidir joylarda ularning fikrlari yoki harakatlaridan norozi bo`lishingizni bilishlari kerak. Bu qaysarlik yoki charchoq bilan aytilgan “yo`q” bo`lmasin. Qaroringizni tushuntiring.

12. KO`NGLINI KO`TARA BILING!

Farzandingizni judayam harakat qilib, nimanidir uddalay olmasa ham uni ko`nglini ko`taring. Kichik g`alabalardan katta omad vujudga keladi. Ularni omadli bo`lishga undang.

13. ATROFDAGILARGA MEHRLI BO`L.

Ularga yaxshi narsalar yaxshi insonlar bilan bo`lishini eslating. Ha, bu dunyo murakkab, ammo odamlarga mehr bilan munosabat qiladiganlar kulfatlarni engilroq boshdan kechiradi. Ularning kelajagini engillashtiring.

14. KEChIR.

Nohaqligingizni bilsangiz, tan oling va kechirim so`rang. Bu bilan kerak paytda yon bosish kerakligi borasida namuna bo`lasiz.

15. MENGA KO`PROQ NARSA AYTIB BER.

Ularning qilgan ishlari haqida savollar bering, muloqotda bo`ling. Farzandingiz ko`zlariga qarab, tinglashga va tushunishga harakat qiling. Sizdan narsa yashira olmaydigan bo`lib qolsin.

16. SENI YaXShI KO`RAMAN.

Bu so`zlarni har kun ovoz chiqarib ayting. Ularga bu so`zlarni har kun ayting. Farzandingiz unga nisbatan muhabbatingiz cheksizligini bilishi shart.

Farzandlar bilan ana shunday munosabatlari yo`lga qo`ya olsak, ularni kelajakda muvaffaqiyatli insonlar bo`lib ulg`ayishlariga, yomonlardan yiroqda yurishiga katta hissa qo`shgan bo`lasiz. Bundan tashqari ularni turli yomonliklardan tabiiy holda himoyalash imkoniga ega bo`lasiz!

Sharhlar

Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

12.12.2019, 16:14

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3...
​FARZANDINI BO`KTIRIB O`LDIRGAN ONAGA NISBATAN JINOIY ISh QO`ZG`ATILDI

12.07.2017, 11:50

Sevastopol shahrida chaqalog`iga manniy bo`tqasini berib, bo`ktirib o`ldirgan ayol sud qilinadigan bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Tergov boshqarmasining ma`lumot berishicha, 26 yoshli ayol ehtiyotsizlik...
​YaXShILIK QILSANG, SUVGA AYT, BALIQ BILAR, BALIQ BILMASA, XOLIQ BILAR.

10.07.2017, 10:41

Tisha Bosheminning katta va ahil oilaning bekasi edi. Sevimli turmush o`rtoq, shirindan-shakar besh farzand – baxt uchun yana ne kerak? Ayol o`zining hayoti tubdan o`zgarib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1