1

​Sepkillarsiz hayot sari 5 qadam

SUG'DIYONA 03.05.2017, 14:55
Teglar: Ayol, Go`zallik
​Sepkillarsiz hayot sari 5 qadam

Bahorning gashti o`zgacha. Biroq oftobning yorqin nurlari ko`pchilik qizlarimizni biroz cho`chitadi. Axir bu nurlar ta`sirida sepkillar paydo bo`ladi-da. Yoki borlarining rangi to`qlashadi. Shunday ajoyib faslni pana-panada bekinib o`tkazish uvol! Undan bahramand bo`lib qolish kerak emasmi? Muammongiz haqida esa o`ylamang. Siz uchun biz hammasini rejalashtirib qo`yganmiz! Tajribali kosmetolog Mahbuba MAMANOVA bu boradagi eng muhim 5 qadam haqida ma`lumot beradi. Sizdan esa hafsalayu, harakat bo`lsa bas.

1-qadam. Albatta, niqoblardan foydalaning

Ba`zilar erinchoqliklarini uy sharoitida qilinadigan niqoblarning samarasizligi bilan izohlashga urinishadi. Bizningcha esa bu tanballikni oqlashning bir usuli, xolos. Axir muntazam va tartibli bajarilgan har qanday muolaja, albatta, ta`sir qiladi. Hammamiz bilgan, o`sha arzon va samarali petrushka sepkillarnining chinakam kushandasi hisoblanadi. Uning tarkibidagi xlovonoid moddalar sepkil paydo bo`lishini sekinlashtiradi. Demak, haftada uch marta petrushkadan niqob tayyorlang. Shuningdek bodring, tut, limon sharbatidan tayyorlangan niqoblar ham o`ta samarali.

2-qadam. Oqartiruvchi kremlar

Aslida, sepkillar terida melonin moddasining yig`ilib qolishidan vujudga keladi. Meloninning paydo bo`lishi esa fermentlar bilan kechuvchi kimyoviy jarayon hisoblanadi. Mana shu fermentlarni reaksiyaga kirishtirmaydigan samarali kremlar tarkibida askorbin kislotasi, azealin kislotasi, xenol, arbutin, gidroxenon (1/4 miqdorda) moddalaridan biri bo`lishi lozim. Bu moddalar uzoq qo`llanilganda teriga ziyon etkazgani uchun 2-3 oy davomida foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, tarkibida A vitamini mavjud kremlar ham foydali.

3-qadam. Qizilmiya damlamasidan iching

Olimlarning kuzatuvlariga ko`ra terozin nomli aminokislota melonin moddasi ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi. Dorixonadan topish mumkin bo`lgan qizilmiya o`simligi tarkibida esa terozin ishlab chiqarilishini to`xtatuvchi moddalar mavjud. Shuning uchun ham dog` va sepkillardan aziyat chekayotgan xonimlarga qizilmiya damlamasidan ichish tavsiya etilmoqda. Bundan tashqari nikotin kislotasi va S vitamini ham terini ultrabinafsha nurlaridan himoyalaydi. Faqat ushbu darmondorilarni o`zbilarmonlik bilan emas, shifokor tavsiyasiga ko`ra iste`mol qilish lozim. Agar qarshi ko`rsatmalar bo`lsa, ularning suyuq ko`rinishdagisini niqoblar yoki kremlarga qo`shib ishlatsangiz ham bo`ladi.

4-qadam. Quyosh nurlaridan himoyalaning

Nozik terimizni quyosh nurlaridan himoya qilish uchun maxsus SPF yozuvli kremlar yaxshi samara beradi. Yuqoridagi muammodan aziyat chekayotgan ayollar bunday vositalarning 45 yoki 50 himoya faktorli turlariga ixtiyor berganlari afzal. Tashqariga chiqishdan 15 daqiqa avval yuzingizga SPF 50 kremlaridan surtib olsangiz, sepkillar sizni chetlab o`tadi.

5-qadam. Salonlardagi muolajalar

Agar uzoq yillardan buyon sepkillar bilan kurashib ko`zga tashlangulik natijaga erisholmagan bo`lsangiz, kosmetologik salonlarda o`tkaziladigan muolajalarni qo`llab ko`rishni tavsiya etamiz. Bulardan birinchisi o`zingiz bilgan piling. Uning ham retinolli, askorbin kislotasi yordamida bajariladigan turlari samarali hisoblanadi. Apparatli usullaridan esa fototerapiya usuli yaxshi natija beradi. Bunda maxsus nurlar teridagi dog`ning ustigagina yuborlib, qizdiriladi. Oqibatda u parchalanib, tahminan bir haftalardan keyin sepkillar yo`qola boshlaydi. Biroq har bir usul alohida tanlanishi lozim. Chunki noto`g`ri qo`llanilgan muolaja ham terini kuydirib, dog`lar paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin.

MAFTUNA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1