1

​Pardoz vositalari allergiyaga sababmi?

SUG'DIYONA 11.05.2017, 14:38
Teglar: Ayol, Go`zallik
​Pardoz vositalari allergiyaga sababmi?

Kosmetik vositalar hech mubolag`asiz hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Juda bo`lmaganda antiperspirant yoki atirlardan kuniga bir marta foydalanamiz. Biroq ular allergiyaga sabab bo`lsa-chi? Vositadan voz kechish shartmi yo boshqa chorasi bormi? Shu savollar bilan dermatolog Nodira AKROMOVAga yuzlandik.

Belgilari qanday?

Agar pardozni yakunlagach qichishish, achishish, qizarish, ko`z ostida ko`kimtir dog`larni sezsangiz, shish va qopchalar paydo bo`lsa, ko`z o`z-o`zidan yoshlanib, husnbuzar yoki toshma tosha boshlasa, labingiz qurqulashib ketsa bilingki, atir-upangiz allergik reaksiyani yuzaga keltirdi. Bunday hollarda darhol yuzni iliq suv bilan yuvib, tabiiy moylardan biri bilan tozalash mumkin. Ko`zlarni esa choy yoki moychechak damlamasida chaygan afzal.

«Dushman»larni tanib olamiz

Pardoz vositalari tarkibidagi allergiya chaqiruvchi «dushman»larimiz asosan uchga bo`lingan:

1. Konservantlar. Ular har qanday atir-upa tarkibida bo`ladi. Ko`pincha miqdori ahamiyatga ega. Uni aniqlash uchun esa vositangizning yaroqlilik muddatiga e`tibor qarating. Muddat qancha uzoq bo`lsa, tarkibidagi konservantlar shuncha ko`p degani. Shuning uchun xarid chog`ida yaroqlilik muddati kam vositalarga e`tibor qarating.

2. Iforlar. Pardoz vositasi qanchalik o`tkir ifor taratsa, demak tarkibida aromatizatorlar shuncha ko`p. Nafas yo`llari orqali tanaga tushgan qo`zg`atuvchilar esa boshqalariga qaraganda xavfliroq sanaladi. Ba`zi hollarda tabiiy iforlar yoki efir moylari sun`iylaridan ko`ra ko`proq xavf tug`dirishi mumkin. Masalan, bergamot yoki sitrus mevalarning efir moylari allergiyaga moyillikni oshiradi. Shuning uchun xarid chog`ida vositaning iforiga uchmang.

3. Bo`yoqlar. Lab bo`yog`i tarkibidagi analin rang beruvchisi, qosh va ko`z qalamlaridagi xrom, kumush, nikel metall tuzlar xastalikning qo`zg`atuvchilari hisoblanadi. Albatta, bu moddalarni boshqa kosmetik vositalar tarkibida ham uchratish mumkin. Biroq aynan lab va ko`z orqali organizmga tushish ehtimoli yuqori. Yodda saqlang, pardoz vositasi qanchalik yorqin, saqlanish muddati uzoq bo`lsa, agressiv qo`zg`atuvchilar shuncha ko`p bo`ladi.

Sinalgan vosita pand bersa-chi?

  • Darhol yaroqlilik muddatiga diqqat qiling. muddati o`tganlaridan aslo foydalana ko`rmang.
  • Ba`zi pardoz vositalari qadog`i ochilgandan keyin kislorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirib, tarkibidagi moddalar o`zgaradi va nojo`ya ta`sirlarni keltirib chiqaradi. Foydalanib bo`lgach, qopqog`ini yopish yoddan chiqmasin.
  • Balki vositani noto`g`ri qo`llagandirsiz? Mabodo qo`l uchun mo`ljallangan kremni yuzga surtmaganmidingiz?
  • Saqlash qoidalariga rioya qilinmaganida ham allergiya yuzaga keladi. Masalan, ultrabinafsha nurlar ta`sirida atir-upa, soch uchun lak kabi vositalar o`z xususiyatlarini o`zgartiradi.
  • Kasal bo`lmabmidingiz? Chunki dorilar organizm avval normal hisoblangan vositaga boshqacha reaksiya bildirishi mumkin.

  • Qaysi vosita xavfliroq?

    Agar qanday turdagi pardoz vositalari allergik reaksiyani keltirib chiqarishini jadval qiladigan bo`lsak, uning birinchi qatorini suvga chidamli tush egallaydi. Keyingi qatorlardan uzoq muddat saqlanib turadigan lab bo`yog`i, tana va yuz uchun mo`ljallangan kremlar, sovun va dush uchun gel egallaydi. Shampun ham jadvalning oldi pog`onalarida turadi. Shellak manikyuri ham ko`pgina go`zallarni noqulay ahvolga solib qo`ymoqda. Xo`sh nima qilish kerak? Axir pardoz-andozdan voz keching deyish, umuman ko`chaga chiqmang deyish bilan barobar-ku? Yaxshisi rastalardan «gipoallergen» yozuvli vositalarni izlang. To`g`ri ular noxushlikdan yuz foiz himoyalaydi deya olmaymiz. Іech bo`lmaganda minglab ko`ngillilarda sinalib, tekshirilib, keyin ishlab chiqarilaganini bilasiz. Bu esa ishonch uyg`otadi.

    Qolaversa, allergiya yuzaga keltirdi degani, doim ham vositaning sifatsiz ekanidan darak beravermaydi. Shunchaki, tanangiz undagi qaysidir moddani qabul qilmayapti. O`sha modda qaysiligini dermatolog-shifokor bilan birgalikda aniqlab, o`zingizga mos kosmetikani tanlasangiz muammongiz oson hal bo`ladi.

    MAFTUNA tayyorladi.

    Sharhlar

    Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

    23.08.2021, 16:08

    Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
    Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

    01.06.2021, 18:32

    So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
    Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

    13.05.2021, 22:34

    Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
    "Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

    03.12.2020, 19:22

    Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1