1

​“Ayollar maslahat markaz”lari yordamida 35 ta suiqasd xolatlarini oldi olishga erishildi

Jamiyat 22.05.2017, 15:57
Teglar: Ayol, Toshkent
​“Ayollar maslahat markaz”lari yordamida 35 ta suiqasd xolatlarini oldi olishga erishildi

22 may kuni Toshkent shahar hokimligida ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, yoshlar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo`llab-quvvatlash yo`lida olib borayotgan ishlar, xususan Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlarida tashkil etilgan Ayollar maslahat markazlari faoliyatiga doir matbuot anjumani o`tkazildi.

Toshkent shahridagi ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, xotin-qizlar o`rtasida tibbiy va huquqiy savodxonligini oshirish, uy bekasi bo`lgan ayollarning hayoti, turmush tarzi, dunyoqarashi va atrofga bo`lgan munosabatlarini o`rganish, turli ma`naviy hurujlardan asrash, oilaviy muhit barqarorligii saqlash va salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda 2014 yilda Shayxontohur tumanida, 2015 yilda Olmazor va Uchtepa tumanlarida Ayollar maslahat markazi tashkil etilgan.

Markaz asosiy faoliyatini xotin-qizlarni ruhan qo`llab-quvvatlash, ularning tibbiy va huquqiy sohadagi savollariga javob topish, bandligini ta`minlashga ko`maklashish, oilaviy munosabatlarni baqarorligini saqlashga qaratilgani bois, Markazlar bevosita adliya, sog`liqni saqlash, ichki ishlar, mehnat organlari, xalq ta`limi, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimi va xotin-qizlar qo`mitasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqdalar.

2015-2016 yillarda markazlarga 15724 nafar xotin-qizlar tashrif buyurib, ularning 6356 nafari turli muammoli masala bo`yicha murojaat etgan. 5693 nafar shaxsga uslubiy, huquqiy va psixologik yordam ko`rsatilib, 2368 nafar fuqaroning muammoli masalasi ijobiy hal etilgan.

Markaz xodimlari tomonidan 35 ta suisid xolatlarini oldi olishga, 388 nafar ayollarning ma`naviy dunyoqarashlarini sog`lomlashtirishga erishilgan.

Ayollar maslahat markazi bevosita ayollar bilan muloqot qilish, dardini eshitish va muammoli masalasini hal etish uchun tuzilgan bo`lib, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da markazning ish samaradorligi yanada oshdi va markaz hamkor tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlarning muammolarini manzilli o`rganish va hal etish ishlarini tashkil etmoqda.

2017 yilning 4 oyi davomida markazlarga 4081 nafar fuqaro murojaat etib, 1777 nafar shaxsning muammosini hal etishda ko`mak berildi.

So`nggi vaqtlarda ayollarda nafaqat huquqiy va tibbiy yo`nalishda, balki diniy-sha`riy masalalarda ham savollar ko`payganligini inobatga olib, Markazlar O`zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti bilan hamkorlikda din sohasi mutaxassislarini markazga jalb qilgan holda, vijdon erkinligi va diniy mavzularda ochiq muloqotlar va davra suhbatlarini tashkil etib, aholining ushbu yo`nalishdagi extiyojlarini qondirmoqda.

Ayollar maslahat markazi bugungi kunda muloqot maskaniga aylandi.

Shu o`rinda hamshaharlarimiz diqqatiga tumanlarda faoliyat yuritayotgan “Ayollar maslahat markaz”larining manzil va telefon raqamlarini havola qilamiz:

Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko`chasi, 8-uy. Tel: 245-73-82

Olmazor tumani, Nodira ko`chasi, 19A-uy. Tel: 240-56-06

Uchtepa tumani, M.Uyg`ur ko`chasi, 492-uy. Tel: 243-02-86

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1