1

​Xonadonimizni salqinlatamiz!

SUG'DIYONA 01.06.2017, 14:30
Teglar: Ayol, Oila
​Xonadonimizni salqinlatamiz!

Yoxud kondisioner bo`lmaganda issiqdan jon saqlash sirlari

Tasavvur qiling, tashqaridagi jazirama ayamay qizdirayotganda uydagi sovutgich ishdan chiqdi. Endi nima bo`ladi? Ta`mirlashga jo`natilgan qurilma qaytgunicha biror chora topish kerak axir. Yo yangisini xarid qilasizmi? Darrov hamyoningizni siquvga olmang-da, yaxshisi oddiy usullar yordamida uy xonalarini salqinlatishning sinovdan o`tgan usullari bilan tanishing.

Tozalash ishlari

Ertalab deraza va xona eshiklarini oching-da, xo`l latta bilan pol, tokcha va jovon yuzalarini artib chiqing. 15 daqiqadan so`ng pol va tokcha yuzasiga tekkan suv bug`lanib bo`ladi. Ana shundan keyin deraza va eshiklarni yopib, pardalarni tushirasiz. Mazkur usulni bir kunda 2-3 marta takrorlash mumkin.

Ventilyator + suv

Navbatdagi usul parrakning «bilak» lariga kuch qo`shib, xonani salqinlatishga yordam beradi. Demak, ventilyator yoniga suv to`ldirilgan chelakni qo`ying-da, qurilmani ishga tushiring. Sun`iy shamol ta`sirida chelakdagi suv bug`lanib, xona harorati 2-3 darajaga pastlaydi.

Xitoychasiga...

Balkonning derazalarini ochib, ho`llangan mato tuting. Mato qurib bo`lgunicha ichkaridagi harorat anchayin pastlaydi. Shundan keyin deraza oynalarini qayta berkitib olasiz. Bu usul Hindiston va Xitoyda keng tarqalgan.

Suv solingan “grelka”

Uyquga yotishdan bir necha soat oldin “grelka”ni suv bilan to`ldiring-da, yaxxonaga qo`ying. Muzlagan grelka karavot yoniga qo`yilsa, xona issiqligini kamaytirib, namlik darajasining oshishiga ko`mak beradi. Bu usulni suv solingan baklajka bilan ham bajarish mumkin.

Quyoshga chap beramiz

Agar xona derazasi quyoshning tik tushgan tarafiga qarab turgan bo`lsa, quyidagi usuldan foydalanishingiz mumkin. Xo`jalik mollari do`konidan quyosh nurini qaytaruvchi elimli qog`oz sotib oling. Qog`ozni deraza oynasiga yopishtirsangiz kifoya.

Elvizakni nazorat qiling

Xonalardan birining derazasini oching-da, ventilyatorni ishga tushiring. Ventilyator havo oqimini tashqariga haydasin. Ikkinchi xona derazasini ochganingizda esa elvizak hosil bo`ladi. Shu yo`sinda xonalarni salqinlatish mumkin.

Issiqlikni quving

Televizor, mikroto`lqinlik pech, dazmol, hatto xona chiroqlarini ham bekorga sarflamang. Ishlatmayapsizmi, o`chirib qo`ying. Shunda xona ham isib ketmaydi.

Xonada chang to`planmasligi uchun gilamlarni vaqtinchalik yig`ib qo`ying. Kun davomila bir necha marta polni artib tursangiz, xona haroratini nazorat qilolasiz.

Eshiklar ochiladi!

Vannaga sovuq suv to`ldiring-da, vannaxona eshigini ochib qo`ying. So`ng barcha xona chiroqlarini o`chirsangiz, vannada bug`lanayotgan suv namligi asta xonalarga tarqaydi.

Gullarga suv seping!

Ko`p qavatli uy ayvoni yoki xona tokchasiga joylashtirilgan gul barglariga tez-tez suv sepib turing. O`simlik ajratgan kislorod xonaga tarqab, havoning tozalanishiga yordam beradi.

Yulduz tayyorladi

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1