1

​Kiprigingizni kamonga aylantiring!

SUG'DIYONA 19.06.2017, 11:03
Teglar: Ayol, Go`zallik
​Kiprigingizni kamonga aylantiring!

“Kipriklaring nayzaday, yangi chiqqan maysaday...” Shunday ta`rif siz uchun mubolag`adek tuyulsa, o`kinmang. Hozirda buni ayni haqiqatga aylatirish imkoni bor! Demak...

Kipriklarni uzaytiramiz!

Bugungi kunda kiprik uzaytirish va ulatishning bir qancha usullari mavjud bo`lib, shular orasida ikki usul keng tarqalgan:

Yaponcha usul

Yapon texnologiyasi kipriklarni bittalab haqiqiy kiprik yoniga yopishtirib chiqishni nazarda tutadi. Bunday usulda o`stirilgan kipriklar sizga 3 oygacha beminnat xizmat qilishi mumkin.Yagona sharti oyda bir bor korreksiyaga borib turishingiz lozim. Mutaxassislar kipriklari qalin ammo kalta qizlarga aynan shu usulni tavsiya etishmoqda. Ko`zning tashqi burchagidan ichki burchagiga qarab kipriklar kaltalatib yopishtiriladi.

An`anaviy usul

Bir paytlar gollivud aktrisalari keng foydalangan bu usulda sun`iy kipriklar 2-5 donadan (tutam qilib) qovoqqa yopishtiriladi. Tutam kipriklar haqiqiy kipriklaringiz uchun biroz og`irlik qilishi mumkin, ammo yopishtirish jarayoni kam vaqt talab etishi bilan e`tiborli. Qo`shimcha parvarishsiz ham ikki hafta davomida ko`zingizni quvnatib turishi mumkin. Bu usul to`y hashamga otlanganingizda, ayniqsa, samaralidir.

Sun`iymi yoki tabiiy?

Kiprik ulash uchun sun`iy yoki tabiiy xomashyodan tayyorlangan tolalar mavjud. Masalan, shoyi yoki qoraquzan (norka) mo`ynasidan tayyorlangan ulama kipriklar o`zingiznikidan deyarli farq qilmaydi. Bo`lajak kipriklaringizning uzunligini ham o`zingiz belgilaysiz. Istakka ko`ra 8, 10 va 12 millimetrli ulama kipriklar tanlanadi. Ammo haddan ortiq uzunlari nigohingizni qo`g`irchoqniki singari soxta qo`rsatib qo`yishini yodda saqlang.

Kimlarga mumkin emas

  • Garchi kosmetologlar kiprik ulashga mo`ljallangan elim butunlay bezarar ekanligin ta`kidlashsa-da, bazida allergiyaga sabab bo`lishi mumkinligini ham e`tibordan chetda qoldirmang.
  • Ko`z shilliq pardasi shamollagan va ko`z xastaliklariga chalinganda, ushbu go`zallik muolajasini sog`aygunga qadar ortga surib turish lozim.
  • Shuningdek, qovoqlari tez yog`lanadigan xonimlarning ulama kipriklari uzoq muddat turmasligi ham bor gap.

Tavsiyalar

  • Yodingizda bo`lsin, kiprik ulatgandan keyin turli moylar va kremlardan kamroq foydalanishga to`g`ri keladi.
  • Yuzni yuvish jarayonida ko`z atrofiga ehtiyotkorlik bilan tegish tavsiya etiladi.
  • Dekorativ kosmetika ulama kipriklarning umrini qisqartiradi. Umuman olganda bunday kiprik sohibalari tush va shunga o`xshash vositalardan foydalanmaganlari maqsadga muvofiq.
  • Qorin bilan yotishga odatlangan ayollar diqqatiga agar ne hasratda erishgan kipriklaringiz bir kechadan yaroqsiz holga kelib qolishini istamasangiz bu odatingizdan darhol xalos bo`ling.
  • Shuningdek, sun`iy kipriklarga shakl beraman deb ovvora bo`lmang. Bu ham achinarli oqibatlarga olib kelishini xisobga olgan holda, tajriba o`tkazmaslikni maslahat beramiz.
  • Kiprik ulatgandan so`ng 24 soat davomida ko`zga suv tekkizmaslik, 48 soat davomida esa yuz uchun bug`li muolajalarni amalga oshirmaslik lozim.

Saodat tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1