1

​Nukuslik taksichi onaxonning surati Facebook`da ommalashdi

Jamiyat 03.07.2017, 15:10
Teglar: Avto, Taksi, Ayol
​Nukuslik taksichi onaxonning surati Facebook`da ommalashdi

Nukus shahrida shunday "taksist" onaxon bor uni ko`pchilik taniydi. "Facebook" ijtimoiy tarmog`ida ana shu taksi haydovchi onaxonning rasmi ancha ommalashib ketdi, deb yozadi “KRuz.uz”.

Ijtimoiy tarmoqlarda Adil Xudaybergenov ismli foydalanuvchi shunday izoh qoldirgan: "Meni gone qalada bekatning yonidagi taksi bekatidan shu onaxon Taxiatoshga olib bordi. Qoyil qoldim. Ikki hissa pul to`ladim. Bundan 5-6 yil ilgari. Biroq unchalik ko`p gapirmas ekan".

Klara Allaniyazova ismli foydalanuvchi esa: "Bazar apa. Shu gone qala markazidagi bolalar bog`chasining eski rahbari", deya taksi haydovchi onaxonning shaxsiga aniqlik kiritib o`tgan.

Ziuaddin Allanazarov esa sal boshqacharoq fikr qoldirdi: "Genje opa Qadirova (agar adashmasam)".

"Bu opa juda sahiy! Puling kam bo`lsa ham, "Yaxshi, beraver, men bir boyib ketay deb yurganim yo`q, qarab o`tirgancha odamlarga foydam tegsin deb yuribman", deb keng feyillik ko`rsatdi", deya yozgan Raya Ernasheva.

Allayar Yusupoff ham uni maqtab o`tgan: "Shu ayolning taksisiga 2 marta o`tirdim. Haqiqiy Adrenalin!!!"

Gulaim Nurumbetova esa bu onaxonni tanqid qilib o`tgan. "O`z yoshiga yarasha uyida nabiralarini boqib o`tirsa bo`lmasmikan bu kampir. Oilasini boqib yurgan taksichilarning noniga sherik bo`lib yurgancha".

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Vanihoyat taksi xizmati ko`rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat turlari ro`yxatiga kiritiladi

11.05.2021, 17:12

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti «Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzoladi.Qarorga ko`ra 2021 yil 15 maydan 2022 yil so`nggiga qadar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1