1

​Amerikalik ayol semizligi uchun o`g`lini yoqib yuborishga harakat qildi

Dunyo 06.07.2017, 16:42
Teglar: Yong`in, Ona va bola
​Amerikalik ayol semizligi uchun o`g`lini yoqib yuborishga harakat qildi

Amerikalik polisiyachilar qabristonda ro`y bergan voqeani o`rganmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

48 yoshli Sherri Rixter o`g`lining haddan ortiq semizligi tufayli undan qutulmoqchi bo`ldi. Ayol o`g`lini mashina yukxonasiga solib, qabristonga olib bordi. U benzin sepib, mashinani yoqmoqchi bo`ldi, ammo mudhish rejani amalga oshirishiga voqeaga tasodifan guvoh bo`lgan qabriston xizmatchilari xalaqit qildi. Ular bolani onasining changalidan qutqardi. Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlari ayolning qo`liga kishan soldi. Undan farzandining joniga qasd qilmoqchi bo`lganiga nima sabab bo`lgani to`g`risida savol berilganda, ayol bolasi haddan ortiq semiz bo`lgani tufayli o`g`lidan qutulmoqchi bo`lganini bildirdi. Voqea yuz berganda ayol mast holatda bo`lgan.

Sharhlar

Xorazmdagi qog`oz va karton ishlab chiqarish sexida yong`in chiqdi

22.04.2024, 13:54

Kecha 21 aprel kuni soat taxminan 16:10da Tuproqqal`a tumani «Muhabbat» MFY hududida joylashgan “Obod Poper” MChJga qarashli qog`oz va karton ishlab chiqarish sexida yong`in chikdi....
Buxorodagi qamishzorlarda yong`in sodir bo`ldi, 100dan ortiq qutqaruv xodimlari jalb etilgan

26.08.2022, 08:40

Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...
Namanganda qo`p qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

22.12.2021, 10:59

Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. 6 nafar fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo`ldi

11.10.2021, 12:16

Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1