1

O`qishga kiritmoqchi bo`lib 8 ming dollar olgan murabbiylar ushlandi

Jinoyat 07.02.2018, 10:19
O`qishga kiritmoqchi bo`lib 8 ming dollar olgan murabbiylar ushlandi

Buxoroda Jismoniy tarbiya institutiga o`qishga kiritishga va`da berib, firibgarlik yo`li bilan pora olayotgan sport murabbiylari jinoyat ustida qo`lga olindi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda Prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida, 1988 yilda Navoiy viloyati Uchquduq shahrida tug`ilgan, Buxoro shahar, A.Jomiy ko`chasi 5-uy, 25-xonada yashovchi, Buxoro Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi Tashev Sabir Suleymanovich hamda 1977 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan, Buxoro shahar Sabingaron qishlog`i, 1-uyda yashovchi, Buxoro Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi Kazakov G`olib G`afurovichlar O`zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutiga o`qishga kirish istagida bo`lgan fuqarolar O.Choriev va A.Norqulovlarning har biridan 4000 AQSh dollaridan jami 8000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida jinoyat ustida qo`lga olindilar.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1