1

Soch-soqoli oq qariyalar qilmishi oshkor etildi

Jinoyat 17.02.2018, 11:41
Soch-soqoli oq qariyalar qilmishi oshkor etildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi Safar Sohibov (ism-shariflar o`zgartirilgan) 60 yoshning ostonasida “Marixuana” giyohvand moddasi bilan ichki ishlar idoralari xodimlari qo`liga tushdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e`lon qilinib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borildi, deb yozadi O`zA.

Ma`lum bo`lishicha, Safar Sohibovga 1,05 gramm “Marixuana” giyohvand moddasini Denov tumanidagi So`fi Olloyor nomidagi mahallada yashovchi, hech qaerda ishlamaydigan 55 yoshli ukasi Sami Safarov bergan ekan. Soch-soqoliga oq oralagan akasini zahri qotil bilan “siylagan” Sami Safarovning uyi ko`zdan kechirilganda yana 0,67 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi topildi.

Shu o`rinda Sami Safarov og`uni qaerdan olibdi, degan savol paydo bo`ladi. Qilni qirq yoradigan ichki ishlar xodimlari bu savolga ham javob topishdi. U zahri qotilni Denov tumani Bog`inav mahallasida yashovchi 67 yoshli Karim Qarshievdan olgan. Shu kuni K.Qarshievning uyida 0,19 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Ani paytda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1