AsosiyJamiyat

15-sentyabr: Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtixoni bo`lib o`tdi

Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo`lgan nomzodlarga che...

'15-sentyabr: Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish imtixoni bo`lib o`tdi'ning rasmi

Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo`lgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Kirish imtihonini xolis, ochiq va shaffof o`tkazilishini ta`minlash maqsadida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan tegishli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Xususan, chet tili bo`yicha test savollarini tuzish, imtihonni o`tkazish va javoblarini baholash uchun Davlat test markazi jalb qilingan.

Yozma imtihonni o`tkazishda kuzatuvchi hamda imtihon javoblarini tekshirishda mutaxassis sifatida turli ta`lim muassasalari, jamoat tashkilotlari va boshqa idoralar vakillari taklif qilingan.

Akademiya rasmiy saytida e`lon qilingan imtihon materiallari asosida tuzilgan imtihon biletlari avtomatik tarzda elektron generasiya qilindi. Har bir nomzodga individual identifikasion raqam berildi, imtihon javoblari esa to`liq shifrlandi.

Imtihonni o`tkazish jarayoni to`liq videotasvirga olinib, Bosh prokuratura Akademiyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda namoyish qilinishi tashkil etildi (www.facebook.com/ProsecutorAcademy).

Esse mavzulari, biletlar, suhbat savollari, shuningdek abiturientlar ro`yxati va ularning imtihonga kirish vaqtlari Bosh prokuratura Akademiyasining rasmiy veb-saytida oldindan e`lon qilingan (http://proacademy.uz/uz/posts/0187).

COVID-19 pandemiyasi bilan bog`liq vaziyatni inobatga olgan holda, imtihon o`tkaziladigan joyga kirishdan oldin nomzodlarning tana harorati o`lchanib, har bir nomzod alohida tibbiy qo`lqop va niqob hamda suv bilan ta`minlandi, ularga kerakli kanselyariya jihozlari berildi.

Kirish imtihonining suhbat shaklidagi ikkinchi bosqichining o`tkazilish vaqti qo`shimcha tarzda ma`lum qilinadi.

Boshqa yangiliklar