AsosiyJAMIYAT

To‘qqiz oyda qariyb 500 nafar o‘zbekistonlikning Gruziyaga kirishi rad etildi

2026 yilning yanvar–sentabr oylarida Gruziya aeroportlarida 473 nafar O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga kirishiga ruxsat berilmagan.

'To‘qqiz oyda qariyb 500 nafar o‘zbekistonlikning Gruziyaga kirishi rad etildi'ning rasmi

2026-yil yanvar–sentabr oylarida Gruziya aeroportlarida 711 nafar yo‘lovchining mamlakatga kirishiga ruxsat berilmagan. Ularning 473 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Kirish rad etilishining asosiy sabablari orasida safar maqsadini aniq tushuntirib bera olmaslik, mehmonxona bron qilingani va qaytish aviachiptasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar, tibbiy sug‘urta hamda yetarli mablag‘ borligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarning yo‘qligi qayd etilgan.

O‘zbekiston fuqarolariga safardan oldin uning maqsadini aniq belgilash, yashash joyi bron qilingani, qaytish chiptasi, sug‘urta polisi va safar uchun yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash tavsiya etilgan.

Shuningdek, chegara nazorati vaqtida xodimlarning savollariga aniq, izchil va haqqoniy javob berish muhimligi ta’kidlangan.

    Boshqa yangiliklar