AsosiyJAMIYAT

Qo‘qondagi mehmonxonada 13 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi

Jabrlanuvchiga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislar biriktirilgan. Holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratiga olingan.

'Qo‘qondagi mehmonxonada 13 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi mehmonxonalardan birida 13 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati Ijtimoiy himoya boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28-sentyabr kuni Rishton tumanida yashovchi, 2012-yilda tug‘ilgan qiz Qo‘qon shahridagi mehmonxonada jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.

Ertasi kuni shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi ushlangan va 30-sentyabr kuni unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tegishli ekspertizalar tayinlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Ijtimoiy himoya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi voyaga yetmagan qizga zarur yordam ko‘rsatish, uning psixologik holatini tiklash hamda huquqlarini himoya qilish maqsadida psixolog va yuristlar biriktirilgan. Holat mas’ul xodimlar nazoratiga olingan.

    Boshqa yangiliklar