Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O`zbekiston qiymati 336,7 million AQSh dollariga teng bo`lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu yil 32 ta davlatga tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan O`zbekiston o`tgan yilning 8 oyiga nisbatan eksport hajmini 89,1 million AQSh dollariga oshirgan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federasiyasi (178,3 mln.), Qirg`iz Respublikasi (120,9 mln.) va 12,3 mln. AQSh dollari bilan Qozog`iston hissasiga to`g`ri kelgan.
Ma`lumot o`rnida, eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotining eng ko`p ulushi Andijon (90,2), Toshkent (70,5), Namangan (49,8) va 39,7 mln. AQSh dollari bilan Toshkent shahri hissasiga to`g`ri kelgan.