2020 yilning 8 oyida O`zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53 taga ko`p.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, bu yil Xitoydan – 50 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federasiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 11 ta elektromobil import qilingan.
Ma`lumot o`rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million AQSh dollari sarflangan.