O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan Rossiya Federasiyasining Qozog`iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to`planib qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 23 sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaga jo`natilgan edi. Ayni damda 750 nafar fuqarolarimizni olib qaytayotgan ushbu avtobuslar rejaga ko`ra 27 sentyabr kuni O`zbekistonga kirib keladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. ![]() Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan bugun navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiyaning Samara viloyati tomon yo`lga chiqdi. ![]()
Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog`iston hamda Rossiya Federasiyasi tomonidan qo`yilgan talablarga qat`iy amal qilgan holda bajarilmoqda. |
Rossiyadan O`zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun navbatdagi avtobuslar yo`lga chiqdi
O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan Rossiya Federasiyasining Qozog`iston bilan chegara...







