O`zbekistonga Choy import qilish 3,3 mln. AQSh dollariga kamaygan. Bu haqda statistika qo`mitasi ma`lum qildi.
Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O`zbekistonga jami 22 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 20,2 ming tonna choy import qilingan. O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import hajmi 416,2 tonnaga kamaygan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan sakkiz oy mobaynida O`zbekiston choy mahsulotini eng ko`p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 16,1 ming tonna
Keniya – 1,6 ming tonna
Vetnam – 920,4 tonna
Eron – 369,1 tonna
Shri-Lanka – 280,9 tonna
Hindiston – 267,3 tonna
Rossiya – 173 tonna
BAA – 130 tonna
Ma`lumot o`rnida, 2019 yilda O`zbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.