AsosiyIqtisodiyot

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1237 taga etdi

'Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1237 taga etdi'ning rasmi

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko`ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1237 tani tashkil etdi.  

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko`ra, respublikamizda ro`yxatdan o`tgan korxona va tashkilotlar soni 11,9 mingtani tashkil etib, ulardan 11,3 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 mingtaga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

🇨🇳 Xitoy – 1757 ta  

🇹🇷 Turkiya – 1464 ta

🇰🇷 Koreya – 863 ta

🇺🇸 AQSh – 276 ta

🇩🇪 Germaniya – 193 ta  

 Boshqalar – 6776 ta

Ma`lumot o`rnida, yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sohalar bo`yicha soni:

 Savdo – 371 ta

 Sanoat – 343 ta  

Qurilish – 135 ta

 Qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi – 94 ta

 Yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 53 ta

 Axborot va aloqa – 42 ta

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar