AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston mayiz eksporti bo`yicha dunyoda nechanchi o`rinni egalladi?

'O`zbekiston mayiz eksporti bo`yicha dunyoda nechanchi o`rinni egalladi?'ning rasmi

Mamlakatimizdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari, yurtimiz dalalarida etishtirilgan meva va sabzavotlar yil sayin xaridorgir bo`lib bormoqda. O`zbek uzumlarining dong`i dunyoga tanilgan bo`lsa, uning quritilganiga bo`lgan talab tobora oshib bormoqda.Joriy yilning dastlabki 10 oyi mobaynida mamlakatimiz 42,5 million dollarlik mayiz eksport qilingan. Bu yil ilk marotaba Kanada, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Pokiston davlatlariga jo`natildi. Bu haqda Davlat bojxona axborot xizmati ma`lumot berdi. Mayizning 28 foizi Xitoyga, 14 foizi Qirg`izistonga, 10 foizi Turkiyaga eksport qilingan.Joriy yilda Niderlandiyaga 7,4, Mo`g`ulistonga 4,2, Gresiyaga 1,5 barobarga eksport hajmi ortgan.

 Shifokorlarning tavsiya etishlaricha, quritilgan mevalar orasida eng ko`p foydalisi qora olxo`ri va mayiz ekan. Tarkibida vitaminlar, foydali elementlar, ayniqsa, mayizda kaliy va magniyning miqdori juda ko`p. Shuningdek, u tanadan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. Shu bois ichki va tashqi bozor uchun yurtimizda tonnalab mayiz tayyorlanadi. O`zbekiston fermer dehqon xo`jaligi va tomorqa er egalari kengashi bosh mutaxassisi Husan G`iyosovningning aytishicha, O`zbekiston dunyoda mayiz eksporti bo`yicha sakkizinchi o`ringa chiqdi.Tobora ilg`or texnologiyalarni qo`llagan holda, sifatli mahsulot yaratilmoqda. Xalqaro standartga to`liq javob beradi. Yurtimizdan eksport qilinayotgan mahsulotlar transportabelligi, ya`ni uzoq manzilga etkazib berilganda ham o`z sifatini saqlab qoladi. Sababi, quyosh nuri ko`p tekkanligi, agrotexnologiyasi to`g`riligidir, deya ta`kidlaydi. 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar