Pavel Durov G`arb mablag`lari konsorsiumining Telegramga sarmoya kiritish taklifidan bosh tortdi, deya xabar bermoqda The Bell.
Xabarda aytilishicha, kompaniya 30 milliard dollarga baholangan. Taklif o`tgan haftaning oxirida qilingan va Durov uni rad etgan.
Avvalroq, "The Information" yaqin kelajakda Telegram 1 milliard dollarga yaqin qarzni jalb qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi, keyinchalik IPO chiqqanda ushbu qarzni aksiyalarga aylantirishi mumkin bo`lardi.
“Biz biron bir "bank va investor" bilan uchrashmadik, ammo jamoamizdagilarga takliflar tushgan. Messenjer uchun kredit olish "monetizasiya strategiyasini amalga oshirishda to`liq mustaqil va qadriyatlarga sodiq qolish" usullaridan biridir”,– deydi kompaniya rahbari Pavel Durov.