AsosiyDunyo

Ozarbayjonda 18 yanvardan Xitoyning CoronaVac vaksinasi bilan emlash boshlanadi

'Ozarbayjonda 18 yanvardan Xitoyning CoronaVac vaksinasi bilan emlash  boshlanadi'ning rasmi

Ozarbayjon rasmiylari 18 yanvardan boshlab aholini koronavirusga qarshi emlashni boshlaydi deb xabar bermoqda Tass.

Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Shahmar Movsumovning aytishicha, preparatning birinchi partiyasi allaqachon Ozarbayjonga etib kelgan.

Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Teymur Musaev ta`kidlashicha, emlash Xitoyning Sinovac Biotech farmakologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac vaksinasi bilan amalga oshiriladi.

"Ozarbayjon tomonidan buyurilgan 4 million dozali vaksinalar Turkiyaga etkazib beriladi, u erda laboratoriyalarda standartlarga muvofiqligi sinovdan o`tkaziladi, qadoqlanib, Ozarbayjonga bir necha partiyalarda etkazib beriladi", dedi Musaev.

“Birinchi bosqichda tibbiyot xodimlari, ikkinchi bosqich, 1 fevraldan boshlanadi, uning doirasida 65 yoshdan oshgan fuqarolar emlanadi”, deydi Shahmar Movsumov

Ozarbayjonda koronavirus infeksiyasining birinchi kasalligi o`tgan yilning 28 fevralida aniqlangan, pandemiyaning birinchi cho`qqisi yoz boshida bo`lgan. Iyun oyining oxiridan boshlab uch hafta davomida har kuni 500 dan ortiq yuqtirish holatlari qayd etildi, keyin kasallikning pasayishi kuzatildi. 9 oktyabrdan boshlab mamlakatda yana yuqumli kasalliklar soni keskin o`sdi. Kundalik eng yuqori o`sish 13 dekabrda qayd etilgan - 4 451 holat. 18 dekabrdan boshlab kasallanish darajasining bosqichma-bosqich pasayishi kuzatilmoqda. Bosh shtabning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, pandemiya boshlanganidan buyon Ozarbayjonda yuqtirganlar soni 226 549 kishini tashkil etdi, 213 773 kishi sog`ayib ketdi, 2 983 kishi vafot etdi.

Boshqa yangiliklar