AsosiyJamiyat

Mast yigit boshqaruvidagi "Moskvich" Katta Farg`ona kanaliga tushib ketdi. 19 yoshli qiz halok bo`lgan (video)

Farg`ona viloyatining qo`shtepa tumanida fuqaro “Moskvich”ni haydab ketayotganida kut...

'Mast yigit boshqaruvidagi "Moskvich" Katta Farg`ona kanaliga tushib ketdi. 19 yoshli qiz halok bo`lgan (video)'ning rasmi

Farg`ona viloyatining qo`shtepa tumanida fuqaro “Moskvich”ni haydab ketayotganida kutilmaganda boshqaruvni yo`qotdi. Oqibatda Katta Farg`ona kanaliga tushib ketgan. Bu haqda Zamon infarmasion dasturi xabar bermoqda. 

Chamasi soat 20:40 atrofida sodir bo`lgan voqea haydovchisi Marg`ilon shahridan kelayotgan bo`lgan. Mashina ichida 2001-yil tug`ilgan ayol yo`lovchi ham bo`lgani aniqlandi. 

Haydovchi ammalab kanalga tushgan mashina ichidan chiqib ketishga muvaffaq bo`ladi. Mashina ichida bo`lgan ayol halok bo`lgan.

Haydovchi bilan olib borilgan suhbat davomida uning mast ekanligi aniqlandi. 

Hozirda bo`lnan voqea yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

Boshqa yangiliklar