AsosiyJAMIYAT

Namanganda kuchli shamol sabab sodir bo`lgan vayrongarchiliklar tafsilotlari ma`lum qilindi (video)

Cal avval Namangan viloyati Mingbuloq tumanida kuchli shamol sabab aholi xonadonlari tomla...

'Namanganda kuchli shamol sabab sodir bo`lgan vayrongarchiliklar tafsilotlari ma`lum qilindi (video)'ning rasmi

Cal avval Namangan viloyati Mingbuloq tumanida kuchli shamol sabab aholi xonadonlari tomlarining qulab tushgani xabar qilingan edi. Mazkur talofat yuzasidan "Zamon" informasion dasturida batafsil ma`lumot berildi.

Xabarda aytilishicha, Mingbuloq tumanida tonggi soat beshlar atrofida kuchli shamol kuzatilgan. Natijada Mingbuloq tumani “Jamoshi” shaharchasidagi tuman mahalla va oilani qo`llab quvvatlash bo`limining tom qismi hamda “Tungi yog`du” majmuasi yonidagi ko`p qavatli uylarning tom qismida shikastlanish yuzaga kelgan. 

Mutasaddilarning aytishicha kuchli shamol sabab yuzaga kelgan favqulotda holatdan jabrlanganlar bo`lmagan. Ushbu holat yuzasidan tezkor shtab tuzilib chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Boshqa yangiliklar