Tahririyatimizga tashrif buyurgan aktrisa Feruza Sobitova avvalgiga nisbatan ancha ozganini payqadik va undan buning sababini so`radik.
-Avvalgi ko`rishingizga qaraganda ozib ketibsiz. Sirini aytarsiz?
- Ishonasizmi, rossiyalik hamkasblarimizdan katta bir loyixaga taklif tushdi. Ularga ozg`inroq aktrisa kerakligini bilib qoldim-da, telefonda gaplashgach, o`zimni eng kichik “razmerda” ekanimni aytdim. Shundan keyin maxsus ko`rsatma asosida ozishga xarakatni boshladim. Kech soat 18-00 dan keyin xech nima emaslikka xarakat qilaman. Asosan sabzavotlar, yashil olma, boshqa turli mevalar, tabiiy sok va kefir rasionimga kirdi. Sekin asta , qaynatilgan tovuq go`shtini edim. Ammo ozishga birdaniga tushib bo`lmas ekan, asta sekinlik bilan reja asosida ozishga harakat qilsangiz ozasiz. Tanani zo`riqtirib bo`lmas ekan. Shu tariqa ikki yarim oy deganda 10 kiloga ozdim.





