AsosiyJamiyat
2902

So`ngi ikki oyda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qancha qonunbuzarlik holati aniqlanganligi ma`lum qilindi

'So`ngi ikki oyda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qancha qonunbuzarlik holati aniqlanganligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Yanvar-fevral oylarida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 8 131 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. AOKAda o`tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi mas`ul xodimi Valijon Ibrohimov bu haqda ma`lum qilgan. 

Joriy yilning o`tgan ikki oyi davomida davlat o`rmon fondiga kirmaydigan 8 mingdan ortiq sharq chinori, eman, qrim qarag`ayi, chinorsimon zarang, eldor qarag`ayi, kashtan, shumtol, turang`il hamda boshqa 20 turdan ortiq qimmatli manzarali daraxt kesishdan saqlab qolindi.

Shuningdek, Ekologiya qo`mitasi tomonidan respublika miqyosida o`tkazilgan 9 mingdan ziyod reydlarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 8 131 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan, shundan 96 nafari mansabdor shaxsni tashkil etadi.

Huquqbuzarlarga nisbatan 4 mlrd 333 mln so`m jarima va tabiatga etkazilgan zarar uchun 3 mlrd 49 mln so`m da`vo belgilandi.

Bundan tashqari, daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bog`liq 1021 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, jami 1 ming 650 tup daraxtlar, shundan 768 tup qimmatbaho daraxtlar va 643 m3 butalar noqonuniy kesilganligi uchun qonunbuzar shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda 1 mlrd. 251 mln.so`m ma`mruiy jarima va 3 mlrd 590 mln so`m o`simlik dunyosiga etkazilgan zarar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar