2021 yil 27 fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.
Vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga yo`llagan maktubini topshirdi.
Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.
Markaziy Osiyoda so`nggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo`shnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi.
Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yo`l ochadigan transport yo`laklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu, o`z navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xom-ashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.