AsosiyJamiyat

"Besh kundandan beri komada yotgan" san`at instituti talabasi haqida ma`lumot berildi

'"Besh kundandan beri komada yotgan" san`at instituti talabasi haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning kasalxonada yotganligi aks etgan fotosurat tarqaldi. Fotosurat sharhiga “San`at instituti talabasi 5 kundan beri komada”, deb yozilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 12.30 larda 18 yoshli Madamin A. va O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabasi 20 yoshli Jaxongir A. o`rtasida kelib chiqqan mojaro, janjalga aylangan. Natijada Madamin A. qo`l jangi usulini qo`llab, ikkalasi erga yiqilgan. Yiqilish jarayonida Jaxongir A. beton to`siqqa boshi bilan urilgan. Oqibatda u tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“Qasddan og`ir tan jarohati etkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Madamin A. jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan. Tergov davom etmoqda.

Aniqlanishicha, yigit yana komaga tushib qolgan. 

Boshqa yangiliklar