Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahridagi uylarning birida yong`in sodir bo`lganligi bog`liq xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:
2021 yil 12 mart kuni soat 17:22 da Andijon shahar 1 kichik daha 1 ko`p qavatli uyni 9- xonadonida chaqnash sodir bo`lib, yong`in kelib chiqqan.
Sodir bo`lgan yong`indan yashash xonadonining 50 kv.m. maydonda uy-ro`zg`or buyumlari yonishi hamda chaqnashi natijasida uy egasi M.M. 50 foiz va nabirasi 2014 yilda tug`ilgan M.J. 50 foiz kuyish-tan jarohati bilan viloyat RShTYoIM kuyiklar bo`limiga joylashtirilgan. Andijon shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga soat 17:25 da etib borib, 17:28 da yong`in o`rab olingan. Voqea joyiga 4 ta asosiy 1 ta maxsus yong`in qutqaruv avtomobillari jalb etilgan. Yong`in soat 17:40 da batamom o`chirildi.
Yong`indan ko`p qavatli uyning taxminan 1200 m2 maydonda tom qismi va qo`shni xonadonlar saqlab qolingan. Yong`inga 4 ta YoQElari va 1 ta AL-30 avtonarvoni jalb etilgan