AsosiyJamiyat

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo`llab-quvvatlanadi

'Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo`llab-quvvatlanadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bilan ushbu sohaga ham bir qator imkoniyatlar berilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul XO`JAMQULOV ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq respublikamizda yangi turdagi zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tarmoqning investisiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur hujjatda mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini joriy yilda 55 ming tonnaga, 2022 yilda 70 ming tonnaga etkazish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini shu yilda 15 trillion so`mgacha, 2022 yilda 19 trillion so`mgacha oshirish, mahsulotlar eksporti hajmini 2021 yilda 450 million AQSh dollari, 2022 yilda 600 million AQSh dollari miqdorida ta`minlash, tarmoqdagi ish o`rinlari sonini 2021 yilda 27 mingtaga, 2022 yilda 34 mingtaga etkazish nazarda tutilmoqda.

Boshqa yangiliklar