AsosiyJamiyat
1968

Namanganda yo`l transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo`ldi

'Namanganda yo`l transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil 9 mart kuni soat 05:30 larda, A-373 Toshkent-O`sh yo`lining 279 km.da ISUZU rusumli yuk avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 1950 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar