AsosiySavol-javob

Ijtimoiy tarmoq orqali Prezident sha`niga salbiy ta`sir qiladigan ma`lumot bildirilsa qanday javobgarlik mavjud?

'Ijtimoiy tarmoq orqali Prezident sha`niga salbiy ta`sir qiladigan ma`lumot bildirilsa qanday javobgarlik mavjud?'ning rasmi

"Darakchi" tahririyatiga quyidagicha murojaat kelib tushdi:

— Ijtimoiy tarmoq orqali Prezidentga murojaat yo`llasam va murojaatimda Prezidentning sha`niga salbiy ta`sir qiladigan ma`lumotlarni ham bildirsam jinoiy javobgarlikka tortilamanmi? 

Fuqaroning murojaatiga javob olish maqsadida Jinoyat ishlari bo`yicha Sirg`ali tuman sudi sudyasi Sherzod Yuldashev bilan bog`landik...

— “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, ya`ni ushbu kodeksning 158-moddasiga asosan O`zbekiston Prezidentini telekommunikasiya tarmoqlari yoki Internet butunjahon axborot tarmog`idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish,

  • 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish  jazolari mavjud.

Sizning bu harakatingiz jinoyat hisoblanadi.

Ilgari Prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, mazkur jinoyatni matbuot yoki boshqa OAVdan foydalangan holda sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud edi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar