AsosiySavol-javob

Aliment undirish haqidagi ijro harakatlari qanday holatlarda tugatilishi mumkin?

'Aliment undirish haqidagi ijro harakatlari qanday holatlarda tugatilishi mumkin?'ning rasmi

Tahririyatimizga Qashqadaryo viloyatidan Sh.Sayfieva quyidagicha murojaat yo`lladi:

 — Sobiq erimning ikki yillik aliment qarzdorligi bor. Yaqinda ijrochilarga undiruvni ta`minlab berishlarini so`rab murojaat qilganimda, qarz allaqachon yopilganini aytishdi. Lekin men bir so`m ham olmaganman. «Nimaga asoslanib yopildi? Puli qani?» degan savollarim ochiq qoldi. Bu vaziyatda nima qilishim mumkin? 

Savolga javob olish maqsadida fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudi rais o`rinbosari Odilbek XAZRATQULOV bilan bog`landik:

— Sud buyrug`i yoki da`vo ariza orqali voyaga etmagan farzandlarning ta`minoti uchun qarzdordan undirilgan aliment, undiruvchining aliment undirishdan voz kechish haqidagi arizasi asosida ijro ish yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 37-moddasi 2-qismini 1-bandiga asosan tugatiladi. 

Aliment undirish haqidagi ijro harakatlari undiruvchi  va  qarzdoro`rtasida  sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilgan holatlarda, undiruvchi yoki  qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e`lon qilinganda, bedarak yo`qolgan debtopilganda, agar sud hujjati yoki boshqa organning hujjatida qo`yilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yo`qolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga o`tishi mumkin bo`lmagan holatlarda tugatilishi mumkin.

Agarda voga etmagan farzandlarning ta`minot undirish haqidagi sud buyrug`i qarzdorning arizasiga ko`ra, sud tomonidan bekor qilinganda sud ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni turgatishi mumkin. Bunday holatda aliment undiruvchi da`vo ariza tariqasida sudga murojaat qilish huquqi vujudga keladi.

Dildora NAZAROVA

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar