AsosiyJamiyat

O`zbekistonda umumiy o`rta ta`lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi belgilandi

'O`zbekistonda umumiy o`rta ta`lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan Umumiy o`rta ta`lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, har yili 20 yanvarga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ta`lim inspeksiyasi hamda tizimida umumiy o`rta ta`lim muassasasi bo`lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo`linmalari xodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ijtimoiy so`rovnomalar va nazorat ishlarini o`tkazish bo`yicha ishchi guruhlar tuziladi.

Ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid ma`lumotlar bazasini shakllantirish bo`yicha jadvallar har yili 1 fevralga qadar Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi platformaga (monitoring.tdi.uz) joylashtiriladi.  

Shu bilan birga, jadvallar ularga tegishli ma`lumotlar kiritilib, umumiy o`rta ta`lim muassasalarining direktorlari tomonidan tasdiqlangan holda 25 aprelga qadar hududiy bo`linmalarga taqdim etiladi.  

Hududiy bo`linmalar tomonidan jadvallar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1 mayga qadar maxsus platformaga joylashtiriladi.

Shuningdek, nazorat ishlari umumiy o`rta ta`lim muassasasi o`quvchilarining umumta`lim fanlari bo`yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish va test sinovi shaklida o`tkaziladi.

Reyting quyidagi hisoblash tamoyillari asosida aniqlanadi:

  • reytingda ishtirok etayotgan barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalarining ballari har bir mezon bo`yicha alohida hisoblanadi;
  • tegishli mezon bo`yicha eng yuqori natijaga ega bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasasiga mazkur mezon uchun belgilangan eng ko`p ball beriladi;
  • qolgan barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasasining ballari yig`indisiga nisbatan hisoblab chiqariladi;
  • har bir mezon bo`yicha hisoblangan ballar yig`indisi asosida umumiy o`rta ta`lim muassasasining reytingi belgilanadi.  

Reyting natijalari har yili yangi o`quv yili boshlanishidan kechikmay Inspeksiyaning rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi va OAVda yoritiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar