AsosiyJamiyat

Prezident Toshkentdagi 21-Mehribonlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun 28 iyul kuni Toshkent shahridagi  21-Mehribonl...

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun 28 iyul kuni Toshkent shahridagi  21-Mehribonlik uyini borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda bu muassasada 122 nafar o`g`il-qiz tarbiyalanadi. Ularning 47 nafari etim, 75 nafari ijtimoiy etim bolalar.

 Ta`lim maskanida malakali o`qituvchilar, psixolog, logoped, defektologlar faoliyat olib boradi.

U erda  robototexnika, mental arifmetika, sartaroshlik, pazandalik, tikuvchilik to`garaklari tashkil etilgan. Sport mashg`ulotlarida bolalar salomatligini mustahkamlash bilan birga  respublika va xalqaro musobaqalarda sovrindorlar ham qayd etilgan.

Davlat rahbari bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bolalarning mashg`ulotlarini ko`zdan kechirgan.

- Bugun kelishimizdan maqsad sizlar bilan ko`rishib, sizlarning timsolingizda barcha tarbiyalanuvchilar uchun sharoitlarni bundan-da yaxshilash, iloji boricha, oiladagidek muhit, tarbiya tashkil qilish. Hamma bilan teng bo`lib ta`lim-tarbiya olishingiz, oliygohlarda o`qib, kasb egallashingiz, uy va ish bilan ta`minlanib, hayotda munosib o`rin topishingiz uchun imkoniyatlar yaratamiz. Shuni bilinglarki, sizlarning ota-onangiz, vataningiz bor. Davlat sizlarni hech qachon e`tiborsiz qoldirmaydi, - deya ta`kidlagan Prezident.

Boshqa yangiliklar