AsosiyJamiyat

Kimlarni koronavirusga qarshi emlash ta`qiqlanadi? Nurmat Otabekov batafsil gapirdi

'Kimlarni koronavirusga qarshi emlash ta`qiqlanadi? Nurmat Otabekov batafsil gapirdi'ning rasmi

Kimlarni koronavirusga qarshi emlash ta`qiqlanadi? Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekov javob  berdi:

 COVID-19ga qarshi emlashga mone`lik (to`siq) qiluvchi holatlar:

▪️ vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo`lgan shaxslar;

▪️ anamnezida og`ir allergik reaksiyalari bo`lgan shaxslar;

▪️ o`tkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar;  

▪️homilador va emizuvchi ayollar;

▪️ 18 yoshgacha bo`lgan bolalar;

▪️OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar;

▪️ koronavirus infeksiyaning o`tkir shakli simptomlari bo`lgan bemorlar, laboratoriyada COVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan  shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan so`ng emlanadilar.

Barcha turdagi emlashlarni amalga oshirishdan avval, shifokor emlanuvchi shaxsda allergik reaksiyalar bor yoki yo`qligiga aniqlik kiritadi va oldingi emlashlardan so`ng og`ir allergik reaksiyalar kuzatilgan bo`lsa, u holda emlashdan tibbiy cheklov beriladi

Shaxsga qon va uning komponentlari quyilgan taqdirda COVID-19ga qarshi emlash:  

▪️eritrositar yoki leykositar massa quyilganida 6 oydan keyin;  

▪️trombositar massa yoki plazma quyilganida 7 oydan keyin;  

▪️immunoglobulin yuborilgan holatda koronovirus infeksiyasiga qarshi emlash immunoglobulin yuborilganidan 3 oydan keyin;

▪️grippga qarshi emlangan bo`lsa - 1,5 oydan keyin  

▪️boshqa turdagi vaksina, immunoglobulin, zardob va anatoksinlar bilan emlangan taqdirda 1 oydan keyin amalga oshirilishi kerak.

Boshqa yangiliklar