AsosiyDunyo

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

'Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda'ning rasmi

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh tortgan va buning uchun tibbiy sabablari bo`lmagan xodimlarni ishdan chetlashtirgan yoki bo`shatgan.

“Forbes”ning ma`lum qilishicha, vaksina olishi majburiy bo`lgan 900 ta kompaniya o`rtasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, ularning 47 foizida xodimlarning o`ndan bir qismi, 33 foizida uchdan bir qismi, 12 foizida esa yarmidan ko`prog`i emlashdan bosh tortgan.

Ushbu kompaniyalar tomonidan emlashdan bosh tortgan xodimlarga turlicha munosabat bo`lmoqda. Tashkilotlarning qariyb 50 foizi xodimlarga nisbatan hech qanday chora ko`rmagan, ammo 16 foizi xodimlarini ishdan chetlatgan, 5 foizi esa ishdan bo`shatgan.

Mutaxassislarning fikricha, majburiy emlash sababli xodimlarning ommaviy ishdan bo`shatilishi yoki boshqa sohalarga o`tib ketishi holati yuz bermaydi. Chunki hozirgi vaqtda Rossiya mehnat bozori kadrlar etishmasligini boshdan kechirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar