AsosiyJamiyat

2021 yil O`zbekiston qariyb 94 million dollarga teng telefon import qilgan

'2021 yil O`zbekiston qariyb 94 million dollarga teng telefon import qilgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston xorijdan qiymati 94,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1,4 mln. dona mobil telefonlar import qilgan.

 Telefon importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,0 mln. donaga oshgan.  

 O`zbekiston 11 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.  

  O`zbekiston mobil telefonlarni eng ko`p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 896,4 ming dona
  • Vetnam – 257,5 ming dona 
  • BAA – 148,8 ming dona
  • Hindiston – 48,6 ming dona
  • Qozog`iston – 45,0 ming dona
  • Rossiya – 967 dona
  • Koreya – 700 dona

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar