Amerikalik Mark Blenk-Settl o`zining Twitter tarmog`idagi sahifasiga kichik videorolikni joylashtirdi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Mazkur videoda bolalar temiryo`l o`yinchog`i bilan bog`liq jumboq aks etgan. Gap shundaki, ikkita bir qarashda bir xil o`lchamdagi temiryo`l izlari ustma-ust qo`yilganda ularning o`lchami aynan bir xil. Biroq keyinroq ulardan birini olib, ikkinchisining yoniga qo`yilganda temiryo`l izlarining birinchisi ikkinchisiga qaraganda uzunroq ekanligini ko`rish mumkin. Mazkur jumboq esa internet foydalanuvchilarini hayratga soldi. Aksariyat foydalaunvchilar uni tushuntirishga harakat qildi. Post qisqa vaqt ichida 1000 dan ortiq foydalanuvchilar tomonidan bo`lishildi.
Jozef o`g`lining o`yinchoqlarini yig`ishtirayotganda mazkur holatga guvoh bo`lgan va uni o`zining ijtimoiy tarmoqdagi do`stlari bilan bo`lishishga qaror qilgan. Ma`lum bo`lishicha, mazkur ko`z boylamachilik psixolog Jozef Jastrou nomi bilan bog`liq. U mazkur hodisani 1982 yilda aniqlagan. Effekt tepada turgan figuraning pastki qismi qisqaligi va pastda turgan figuraning ustki qismi uzunligi bilan tushuntiriladi.