AsosiyJamiyat

Emlash punktlarida vaksinalarning to`g`ri sarflanishiga kim javobgar? SSV javob berdi

'Emlash punktlarida vaksinalarning to`g`ri sarflanishiga kim javobgar? SSV javob berdi'ning rasmi

Emlash punktlarida vaksinalarning to`g`ri sarflanishiga kim javobgar? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo`lim boshlig`i Dilorom TURSUNOVA javob berdi:

— Barcha davolash-profilaktika muassasalarining tibbiy xodimlari, ularning davlat yoki xususiy sektorga qarashli bo`lishidan qat`iy nazar, emlashdan keyingi nojo`ya belgilar bilan murojaat qilgan bemorlarda emlashdan keyingi reaksiya yoki emlashdan keyingi asorat borligini aniqlash va ularga tibbiy yordam ko`rsatib ro`yxatga olishga mas`uldir.

Emlash jarayonida yuritilgan hujjatlarning to`g`riligi va emlanishi lozim bo`lgan aholi qatlamining emlashlar bilan to`liq qamrab olinishiga davolash-profilaktika muassasalarining bosh shifokor o`rinbosari, bosh hamshira va mazkur muassasaning oilaviy shifokorlari mas`ul hisoblanadi.  

Shifokorning ta`kidlashicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonida quyidagilarni tekshirib borishlari kerak:

  • Emlanishi belgilangan kontingentni to`liq ro`yxatga olinganligi va emlash.uz axborot tizimiga kiritib borilishini, shu jumladan, uy sharoitida emlanadiganlar sonini;
  • emlashlarning o`z vaqtida olib borilishini va to`liq o`tkazilishini;  
  • emlashga berilgan tibbiy cheklovlarning asosliligini va tibbiy cheklov berilgan aholining to`liq hisobga olinishini;
  • shifokorlar tomonidan emlash o`tkazishga yoki tibbiy cheklov berishga bo`lgan asoslarni;
  • emlash hisobotlarining o`z vaqtida tayyorlanishi va topshirilishini;  
  • emlashdan keyingi reaksiya va asoratlarning ro`yxatga olinganligini;
  • emlanganligi to`g`risidagi sertifikatlarning berilishini.

"Har bir doza vaksinaga davolash-profilaktika muassasasi rahbari va mas`ul xodimi javobgardir", deydi shifokor.

Boshqa yangiliklar