AsosiyJamiyat

36 foiz abiturient kirish imtihonlarida o`tish bahosini to`play olmagan

'36 foiz abiturient kirish imtihonlarida o`tish bahosini to`play olmagan'ning rasmi

2021 yilda qariyb 893 ming abiturient OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to`play olmadi. Eng yomon ko`rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.

O`zbekiston oliy o`quv yurtlariga kirish imtihonlari natijalariga ko`ra, abiturientlarning 35,8 foizi o`tish balini to`play olmagan. O`zA bosh direktori o`rinbosari, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiev bunga e`tibor qaratdi.

Davlat test markazi (DTM) ma`lumotlariga ko`ra, bu yil deyarli 893 ming abiturient test sinovlarida ishtirok etdi. Ulardan 319 ming nafari o`tish balining eng quyi chegarasi bo`lgan 56,7 balni to`play olmagan.

Hududlar sharoitida imtihonlardan muvaffaqiyatsiz bo`lganlarning aksariyati Qashqadaryo (39,4 ming), Samarqand (35 ming) va Toshkent (34,1 ming) viloyatlarida qayd etilgan. Sirdaryo viloyati eng yaxshi natijaga ega — 12 ming.

«56,7 ball — bu to`plash mumkin bo`lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Ya`ni abiturient hech bo`lmasa 30% bilimga ega bo`lsa, ushbu ko`rsatkichni to`play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to`g`ri bo`lar balki», — deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiev.

U 56,7 ball to`plash uchun qancha to`g`ri javobni ko`rsatish kerakligini ma`lum qildi. Unga ko`ra, majburiy blokdagi 10 ta savoldan 5 tasiga, mutaxassislik blokidagi 20 ta savoldan 4 tasiga javob berish kerak.

«Majburiy blokdagi savollar o`ta va o`ta oson darajada bo`lsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abiturientlar shuni ham eplay olmagan. Bu dahshat emasmi?» — deb yozadi bloger.

Ma`lumot uchun, joriy yil O`zbekistonda qariyb 950 ming nafar abiturient oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirgan. Bu o`tgan yilgi ko`rsatkichdan 535 ming kishi yoki 36,1 foizga kam. Hujjat topshirganlarning 46 foizi sirtqi ta`limga hujjat topshirgan.

Manba: Gazeta.uz

    Boshqa yangiliklar