Yarim milliondan ortiq keksalar koronavirusga qarshi to`liq emlandi.
Bu haqda SSV xabar berdi. Unga ko`ra, 15 sentyabr holatida 65 yoshdan katta bo`lgan fuqarolarni emlash uchun 1 667 279 doza vaksina ishlatilgan.
791 153 nafar 65 yoshdan oshganlar virusga qarshi 1-doza vaksinalari bilan emlangan bo`lsa, ularning 501 210 nafari koronavirusga qarshi to`liq emlangan.
Shunday qilib, emlanishi kerak bo`lgan keksalarning 49 foizi virusga qarshi 1-doza vaksinalari bilan emlanganini ko`rishimiz mumkin.