Senatning o`n to`qqinzinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartishlar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida bo`ldi.
Ta`kidlanishicha, o`tgan yillar mobaynida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu Qonun ana shu islohotlarni yana bir bor mustahkamlashga qaratilgan.
Qonun bilan nazarda tutilgan birinchi yo`nalish – Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish, ya`ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko`rsatish bilan bog`liq jinoyatning jazo choralari kuchaytirilmoqda.
Ikkinchi yo`nalish esa Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning qonuniy talablarini bajarmaganlik, ularning o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatganlik va hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o`zgartishlar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun bilan mamlakatimizda Jinoyat Kodeksida hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta`minlanadi.
Qolaversa, Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari), balki boshqa hokimiyat vakillarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatganlik yoki to`sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish orqali ularning o`z qonuniy faoliyatini to`sqinliksiz amalga oshirishiga sharoit yaratiladi. Shuningdek, hokimiyat vakillarining sog`ligi va hayoti xavfsizligini ta`minlashga erishiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.
05.08.2022, 12:03
Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...04.08.2022, 12:04
Senatning yigirma to`qqizinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Senat matbuot xizmati.Muhokamalar davomida senatorlar Kodeksda ayrim normalarni qo`llash mexanizmlari etarlicha...20.12.2021, 07:59
Oliy Majlis Senati matbuot kotibi bu haqda xabar berdi.Qayd etilishicha, xodimlar ikki kun davomida yangi binoga to`liq ko`chib o`tishdi. O`zlariga kerak bo`ladigan barcha anjomlarni keltirib,...29.09.2021, 09:02
Bugun 29 sentyabr kuni soat 10:00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida o`z ishini boshlaydi. Yalpi...