AsosiyJamiyat

Rishton tumanida iste`molchiga etkazilishi mumkin bo`lgan moddiy zararning oldi olindi 

'Rishton tumanida iste`molchiga etkazilishi mumkin bo`lgan moddiy zararning oldi olindi 'ning rasmi

Rishton tumani Uzun ko`cha mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi I.Sultonov O`zbekiston iste`molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining PotrebitelUz_bot telegramm boti orqali murojaat yo`llagan. Bu haqda Rishton tumani jamiyati mutaxassisi Xusniddin Latipov "Darakchi.uz" ga xabar berdi.

Murojaatda keltirilishicha, u 2020 yil dekabr oyida “Zoxidon yigitlari” MChJga qarashli savdo do`konidan “Quvasoy shifer zavodi” MChJda ishlab chiqarilgan 200 dona shifer xarid qilib olib qo`ygan. Shu yilning avgust oyida xonadoni tom qismiga yopilgan shiferlardan 50 tasi oradan bir necha kun o`tib yorilib ketgan. 

Murojaatni taaluqligi bo`yicha Rishton tuman iste`molchilar huquqlarnii himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganilishi jarayonida shifer ishlab chiqaruvchi korxona rahbariyati nomiga ham so`rov xati yuborilib, unda o`rganish ishlarida korxonadan bir nafar malakali mutaxassis ishtirok etishi so`raldi. 

O`rganish davomida esa, mazkur mutaxassis ishtirokida, iste`molchi xonadonidagi yorilgan shiferlar bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va o`rganuv kunining ertasiga iste`molchiga nuqsonli shiferlar o`rniga yangi, sifatli 50 dona shifer mahsuloti etkazib berilishiga erishildi. Natijada iste`molchiga etkazilishi mumkin bo`lgan 2 mln so`mlik moddiy zararning oldi olindi. 

Boshqa yangiliklar