1

Hozirning o`zida sizni baxtli qilishi mumkin bo`lgan 8 odat

SUG'DIYONA 25.04.2016, 16:22
Teglar: Baxt
Hozirning o`zida sizni baxtli qilishi mumkin bo`lgan 8 odat

Zerikishni, ko`ngil g`ashlikni bartaraf etadigan umumiy qoidalar.

Baxtli insonga aylanish, bir qaraganda juda qiyin ish emasdek tuyuladi. Buning uchun ba`zi narsalarga nisbatan qarashlaringizni o`zgartirsangiz, boshqalarning fikriga e`tibor bermasangiz, ko`nglingiz mayliga quloq tutsangiz, bas! Bularni bajarishni o`rganish uchun har kuni quyidagi qoidalarga amal qiling, deydi “Elle.ru” nashri. 

Tongni xushkayfiyatda qarshilang

Har kuni ishga borishni o`ylab, arang uyg`ongandan ko`ra, ertaroq turib, tongni yaxshi kayfiyatda qarshilashga harakat qiling. Olimlar allaqachon tabiat go`zalliklariga mahliyo bo`lish inson ruhiyatini tinchlantirib, pozitiv kuch-quvvat berishini isbotlashgan. Bundan tashqari, aynan shu paytda kundalik rejalaringizni tuzib olishingiz, keyin uni kun davomida xotirjam amalga oshirishingiz mumkin.

Shu erda hozir bo`lishga o`rganing

Har kuni ertaga sizni nima kutayotgani, bir necha yildan keyin qaerda bo`lishingiz mumkinligi haqida o`ylashni bas qiling. Har bir lahzadan lazzatlanashini o`rganing. Bu narsa hayotingizni batamom boshqa tomondan kuzatishni o`rgatadi va ilgari e`tibor bermagan narsalaringiz diqqatingizni jalb etadi. Anchadan beri ko`rishni orzu qilgan filmingizni tomosha qilish uchun yolg`iz kinoga boring. Boshqalar nima der ekan degan fikrni unutib, bodroq sotib olgancha, mazza qilib film tomosha qiling!

Bugungi ishni ertaga qo`ymang

Nihoyasiga etkazilmagan ish inson ruhiyatiga yomon ta`sir qiladi. Chunki vaqt o`tgan sari u sizni bezovta qiladi. Shuning uchun bugun bajarishingiz mumkin bo`lgan ishni ertaga qoldirmang. Ishoning, tashqaridan qaragandagina bu ishlar murakkab bo`lib tuyuladi. Axir bekorga ko`z qo`rqoq, qo`l botir deyilmaydi. Ortiqcha zo`rlanishsiz, gap-so`zsiz chala ishni tugatishga harakat qiling. Ishni tugatgandan keyin kuch-quvvatga to`lganingizni, o`zingizdan faxrlanish tuyg`usi paydo bo`lganini his qilasiz.   

Ko`proq o`qing

Baxtli hayot ostonasiga qadam qo`yish nasib etmayotganini his qilsangiz, yoqimli his-tuyg`ular olamiga sayohatni amalga oshiring. Kelajakka undovchi, baxtli yakun topuvchi biror asarni mutolaa qilishga kirishing, ammo yig`loqi asarlarni o`qishdan qoching. O`qigan asaringizdan ilhomlanib, kelajak sari shaxdam qadam tashlang.

Kundalik tuting

Agar miyangizga o`rnashib qolgan negativ fikrni haydashni istasangiz, his-tuyg`ularingizni qog`ozga to`king. Bu bilan nafaqat miyangizni bema`ni xayollardan forig` qilasiz, balki muammoni hal qilishning to`g`ri yo`lini ham topishingiz mumkin. Axir qog`ozning tili yo`q, u dugonangiz kabi sizga bo`lar-bo`lmas savollarni bermaydi, nima yozsangiz, jimgina qabul qilib, ichiga yutadi.

Bor ovozda qo`shiq ayting

Sevgan xonandangizning qo`shig`ini bor ovozda kuylashga nima etsin? Buning uchun albatta uning konsertiga yoki karaoke-barga borishingiz shart emas. Inson berilib qo`shiq aytsa, ichidagi bor dardi qo`shiq bilan birga chiqib ketadi va engil tortadi.

To`yib uxlang

Buni qat`iy ish tartibida bajarish mushkul, ammo haftada bir marta bo`lsa ham soat bongi bilan uyg`onmasdan, to`yib uxlashga harakat qiling. Uyg`ongandan keyin to`shakda 20 daqiqadan ko`p yotmang, bo`lmasa o`zingizni og`ir his qilishingiz mumkin.

Hali ko`rmagan joylaringizga borishga harakat qiling

Balki uzoq o`lkalarga, dengiz sayohatlariga borishga vaqtingiz ham imkoniyatingiz ham yo`qdir, bundan tashvish tormang. O`zingiz yashayotgan shaharning hamma joyiga bormaganligingiz tayin. Ona shahringiz bo`ylab, toza havoda ikki soat piyoda yurish ham sizga bir olam quvonch bag`ishlaydi.

Sharhlar

​Bred Pitt va Anjelina Joli yarashdi

24.03.2017, 11:28

Gollivudning eng go`zal juftliklaridan biri bo`lgan Bred Pitt va Anjelina Joli o`tgan yili ajrashgan edi, ammo ular endi yarashib, bir-biri bilan gaplashmoqda, deb xabar berdi...
Baxt kaliti qaerda? Yoxud baxti ochilmayotgan qizlar tasnifi

17.01.2017, 15:39

Go`zal, oqila, ishda, ilmda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, fe`li ham ajoyib, ammo… yolg`iz! Sizning tanishlaringiz orasida ham shunday qizlar bordir? Xo`sh, u nega shu paytgacha yolg`iz,...
Baxtiyorlikning 6 siri

17.01.2017, 10:07

Baxt – hayotga bo`lgan munosabatimizda. Inson uning ongi yo`l qo`ygan darajada baxtli bo`la oladi. Shu sababdan, doimo o`zimizni yaxshi natijaga yo`naltirsak, ishlarimiz ham samarali bo`ladi....
Hayotingizni yaxshilashning 4 kaliti

16.01.2017, 15:19

Maqsad Maqsadingizga erishmoqchi bo`lsangiz, avvalo niyatni yaxshi qiling, ko`nglingizni ortiqcha narsalardan tozalang. Hasad, araz, gina-kudurat kishining ko`p vaqtini oladi, asablarini emiradi, maqsaddan chalg`itadi. Kimdandir xafa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1