O`zbekistonning AQShdagi elchisi J.Vaxabov «Facebook» kompaniyasi bo`limi direktori Endi O'Konnell bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini o`rnatish istiqbollarini muhokama qildi.
Internetda, xususan, «Facebook», «Instagram» va «WhatsApp» platformalari orqali ekstremizm va radikallashuvning oldini olish bo`yicha hamkorlikka alohida e`tibor qaratildi.
O'Konnell O`zbekistonda davlat idoralari ochiqligi va so`z erkinligini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Uning so`zlariga ko`ra, Amerika kompaniyasi Sh.Mirziyoevdan mamlakatdagi «Facebook» platformasi va boshqa platformalarning uzluksiz ishlashini ta`minlashga qo`shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdor.
Bundan tashqari, «Facebook» AT-mutaxassislarini tayyorlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi. O`zbekistondagi har bir qiziquvchi talaba maxsus yaratilgan veb-sahifa orqali amaliyot o`tash uchun ariza topshirishi mumkin.