Hukumat qarori bilan Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg`iz onasi, yolg`iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog`ida bo`lgan voyaga etgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, uy-joy sharoitini yaxshilash istagida bo`lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar o`zini o`zi boshqarish organi yoki tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limiga so`rovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta`minlashga ko`maklashish komissiyasi har chorakda (chorak birinchi oyining 15-kunigacha) xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini o`rganib chiqadi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingach, ko`pi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.
Bunda:
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo`yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlang`ich badal to`lab beriladi;
tuman (shahar) hokimligi Komissiya qarori qabul qilingandan so`ng 20 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi (ko`pi bildan 5 yil muddatga);
ijara shartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish – qabul qilish dalolatnomasi tuziladi;
dalolatnoma tuzilgach, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joylar munisipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli bo`ladi va ular bo`yicha alohida hisob yuritiladi.
Nogironligi bo`lgan shaxslar, keksa yoshdagi va o`zi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda ko`p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib uning 1 kvadrat metri uchun:
Toshkent shahrida 1 yilga BHMning 2 foizi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har oyda bir