Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.
Nomzodlar uchun talablar:
39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
davolash sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lgan psixiatriya va umumiy hamshiralik (stomatolog, o`qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug`ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
umumiy hamshiralik uchun - kasalxonaning turli bo`limlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar;
psixiatriya bo`limida ishlash uchun - kasalxona yoki klinikaning istalgan bo`limida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya bo`yicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar.
tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan bo`lishi;
bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvafaqqiyatli o`tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;
Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
Toshkent shahrida bepul turar joy;
o`quv xonasi;
oylik stipendiya.
Shuningdek, "Globogate Recruiting GmbH" quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;
til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil
(oylik 2 300 evrodan, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.
Ro`yxatdan o`tish uchun
Batafsil ma`lumot olish
Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 66, 88) yoki 1282 qisqa raqami.