1

O`zbekistonliklar xarid chekini ro`yxatdan o`tkazish orqali qancha keshbek yig`di?

Iqtisodiyot 16.01.2022, 15:02
O`zbekistonliklar xarid chekini ro`yxatdan o`tkazish orqali qancha keshbek yig`di?

O`zbekiston bo`ylab 2022 yil 14 yanvar holatiga ko`ra, 401 ming 604 ta xarid cheklari keshbek uchun «Soliq» mobil ilovasida ro`yxatdan o`tkazilgan. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, jami keshbek summasi 5 milliard so`mdan ortiqni tashkil etgan. Mobil ilovada 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan.

Shu bilan birga, cheklardagi ma`lumotlarni noto`g`ri ko`rsatish, QR-kodli cheklarni bermaslik, boshqa shaxslarning cheklari hisobiga keshbekka ega bo`lish kabi iste`molchilar huquqlarini poymol qiluvchi, keshbek amaliyotiga salbiy ta`sir etuvchi holatlar kuzatilgan. Jumladan, savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM cheklarining nusxasini chop etgan holda xaridordan avvalroq ro`yxatdan o`tkazish holati ko`p uchragan.

Shu bois iste`molchilar huquqlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida bir qator talablar o`rnatilmoqda. Xususan, QR kodli chek birinchi marta «Soliq» mobil ilovasida skanerlanganda iste`molchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan ma`lumotlar bazasida avtomatik ro`yxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali ro`yxatga olinganini ko`rsatuvchi eslatma paydo bo`ladi. Shuningdek, har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni ro`yxatga olish tartibi joriy etiladi. 6-chek ro`yxatdan o`tkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugagani to`g`risida eslatma paydo bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1