AsosiyIqtisodiyot

"So`nggi etti yil yoshlarni qo`llab-quvvatlashda "katta sakrash davri" bo`ldi"

'"So`nggi etti yil yoshlarni qo`llab-quvvatlashda "katta sakrash davri" bo`ldi"'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar siyosatiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so`nggi etti yil yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularni iste`dod va salohiyatini ro`yobga chiqarishda "katta sakrash davri" bo`lganini ta`kidladi.

Shu etti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.

Birgina ta`lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo`lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to`lashga 332 milliard so`m ajratildi.

Natijada oliy ta`limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga etdi.

"Bugungi kunda 110 ming o`g`il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda.  

“El-yurt umidi” jamg`armasi orqali etti yilda AQShning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o`qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi", – deya ta`kidladi Prezident.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar